Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pincha yulduzlarning faqat ajoyib chiqqan rollariga e’tibor berishadi. Biroq boshqalar kabi eng iste’dodli aktyorlarning ham filmografiyasida muvaffaqiyatsiz loyihalari bor, ular tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan bir ovozdan masxara qilingan.

Jorj Kluni “Betmen va Robin” (1997)

Foto: Filmdan kadr

Joel Shumaxerning filmi eng yomon superqahramon filmi degan nomga sazovor bo‘lgan. Zaif ssenariyga nima sabab bo‘lgani noma’lum — rejissorning loyihaga tayyor emasligi yoki bolalar auditoriyasini jalb qilishni istagan kinokompaniyaning doimiy uquvsizligi.

Natijada g‘alati kostyumlari va bema’ni hazillar bilan Betman uchun juda kulgili film bo‘lgan. Ayniqsa, Jorj Klunining qahramoni tomoshabinlarning hafsalasini pir qilgan — odatda o‘zini butunlay loyihaga bag‘ishlaydigan aktyor bu filmda zerikib qolgani seziladi. Kluni mazkur roli uchun bir necha bor uzr so‘ragan.

Nikolas Keyj “To‘qilgan odam” (2006)

Foto: Filmdan kadr

Film voqealari politsiya zobiti Edvard Meylus atrofida sodir bo‘ladi. U xotinining iltimosiga ko‘ra, yo‘qolgan qizini topish uchun sirli orolga keladi va u yerda diniy sekta botqog‘iga botgan aholiga duch keladi. YouTube’da kektsaygan Keyjni ko‘rish yoqimli, ammo filmdagi aktyorlik mahorati haqida bir nima deyish qiyin.

Rassel Krou “Baxtsizlar” (2012)

Foto: Filmdan kadr

Film Viktor Gyugoning 19-asrdagi Fransiyaning ijtimoiy muammolari haqidagi epik romani asosida suratga olingan. Mahkumlar haqidagi sujet dramasi 1980-yilda yaratilgan musiqiy filmdan ilhomlanilgan. Rejissor birinchi marta aktyorlar suratga olish maydonchasida qo‘shiq aytadigan va ovozlarini studiyada yozmaydigan usuldan foydalangan.

Shu sababli qo‘shiq aytolmaydigan Rassell Krouni inspektor Javert roliga taklif qilish qarori ko‘plab tomoshabinlar uchun tushunarsiz bo‘lib qoldi. U iste’dodli qo‘shiqchilar Xyu Jekman va Enn Xeteuey fonida ayniqsa achinarli ko‘rinadi.

Natali Portman “Yulduzlar jangi. II qism: Klonlar hujumi” (2002)

Foto: Filmdan kadr

Aktrisaning iste’dodi “Yaqinlik”, “Leon” va “Qora oqqush” filmlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ammo yuqoridagi film Portman uchun hissiyotsiz va soxta bo‘lib chiqdi. U sobiq Nabu malikasi, hozir esa senator Padme rolini o‘ynaydi. Balki gap ssenariydadir, u aktrisaga jonli dialoglar va aniq xarakter bermagan. Yoki ayb aktyorlikdan ko‘ra murakkab sujet va maxsus effektlarga ko‘proq tayangan rejissordadir.

Mark Uolberg (“Hodisa”, 2008)

Foto: Filmdan kadr

Aktyor yaxshi o‘ynay olishini isbotladi. U Martin Skorsezening “Murtadlar” filmidagi serjant Shon Dignan roli uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Uolberg jangovar filmlar yoki romantik komediyalardagi rollarini ham qoyilmaqom tarzda ijro etadi. Ammo Nayt Shyamalan filmida u hech qachon aktyorlik tajribasiga ega bo‘lmagan odamga o‘xshaydi.

Film odamlar hech qanday sababsiz o‘zini o‘ldirishni boshlagan g‘alati hodisa haqida hikoya qiladi. Tomoshabinlar bularning barchasini bosh qahramon — qo‘rqib ketgan o‘qituvchi Elliot Mur orqali his qilishadi.

Marlon Brando (“Doktor Moro oroli”, 1996)

Foto: Filmdan kadr

Yulduz har doim tarixdagi eng yaxshi aktyorlar ro‘yxatida o‘z o‘rniga ega. U Amerika kinematografiyasiga Stanislavskiy usulini kiritib, noyob professionallarning butun avlodini dunyoga keltirdi.

Biroq afsonaviy aktyor ham xató qilgan — buni Gerbert Uells romani asosidagi fantastik triller deb hisoblash mumkin. Kadrlarda Brando charchagan, filmga qiziqmagan, so‘zlarni unutib, grim va dialog haqida bema’ni qarorlar qabul qilgan. Ammo hech kim afsonaviy aktyor bilan bahslashishga jur’at eta olmagan. Uning kayfiyatiga nafaqat yoshi, balki yaqinda qizidan ayrilgani ham ta’sir qilgan.

Juliya Roberts (“Oppog‘oy: mittilar qasosi”, 2012)

Foto: Filmdan kadr

Aktrisa bir necha o‘n yillar davomida eng iste’dodli va yuqori haq to‘lanadigan aktrisalardan biri hisoblangan. Biroq yovuz malika sifatida u o‘zining eng kuchli tomonlarini ko‘rsata olmaydi.

Film aka-uka Grimmlar ertaklarining epik qayta hikoyasi bo‘lishi kerak edi. Hikoyadagidek qahramonning onasi vafot etadi va podshoh yana uylanadi. Ammo ota qora kuchlar bilan kurashish uchun ketib, g‘oyib bo‘ladi, qiz esa yovuz o‘gay ona-malika bilan kurashish uchun qoladi.

Tanqidchilar ham mazkur filmdagi aktrisaning obrazini yaxshi ochib berolmagan deb hisoblashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »