Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shu kunlarda issiq ob-havo poyezdlardan foydalanayotgan yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirmoqda. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” yo‘lovchi vagonlarni yangilash hamda sovitish tizimi bilan jihozlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi vagonlarni sovitish tizimi bilan jihozlash juda katta sarmoya talab qilinadi, sovitish tizimi bilan jihozlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan vagonlarni yangisiga bosqichma-bosqich almashtirilmoqda. Jumladan, 2023—2024-yillarda 130 ta yangi sovitish tizimi bilan to‘liq jihozlangan vagonlarni xarid qilish reja qilingan.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 34 ta zamonaviy yo‘lovchi elektropoyezdlar xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qilgan.

Hozirgi kunda yo‘lovchilar tashishda 335 ta vagonlardan foydalanilmoqda, shundan 235 tasi konditsioner tizimi bilan, 100 tasi esa havo almashtirish (ventilyatsiya) tizimi bilan jihozlangan.

Shuningdek, qayd etilishicha, yo‘lovchilar tomonidan tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida hozirgi kunda sovitish tizimi mavjud bo‘lgan hamda havo almashtirish tizimi bilan jihozlangan kupe turidagi vagonlardagi chipta narxida tafovut mavjud bo‘lib, chipta xarid qilingan vaqtda  vagonlarda sovitish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi haqida kassa xodimlari axborot beradi.

Agar elektron chipta xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda tizimda vagonlarda sovitish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi haqida maxsus belgi qo‘yiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »