Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov rossiyalik harbiylar 7-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘rsatmasi bilan Kaxovka GESni portlatganini aytdi. Bu haqda u “Ozodlik” radiosi efirida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Kaxovka GESni o‘zlari oldindan 2022-yil sentabr-oktabr oylarida o‘rnatgan portlovchi moddalar yordamida portlatgan.

“Ushbu terrorchilik harakati uchun buyruq Kremldan, Putinning idorasidan berilgan. Boshqa darajalarda bunday ko‘rsatmalar berilmaydi. Bu hatto batalon, diviziya va Sergey Shoygu darajasidagi buyruq ham emas”, — dedi Danilov.

Ukrain milliy xavfsizlik rasmiysi bosqinchilar to‘g‘onni Ukraina qarshi hujumidan umid qilgani uchun portlatganini aytdi. Bundan tashqari, portlashdan oldin ular Kaxovka GESdagi suv sathini ko‘tarishganini ta’kidladi.

“Ularning barchasi bizning qarshi hujumimizni kutishmoqda. Qolaversa, suv sathini maksimal darajaga ko‘tarishdi. U 18, 16 metr edi, uni 19 metrdan ko‘proqqa oshirdi. Suv sathini ataylab portlash vaqtida ko‘proq zarar keltirish uchun oshirishdi”, — dedi u.

Kaxovka GESning vayron bo‘lishi: Ukrainada qanday dalillar bor?

6-iyunga o‘tar kechasi Xerson viloyatidagi Kaxovskaya GESi portlatildi. Ukraina va Rossiya hodisada bir-birini ayblamoqda hamda bir-biriga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda. Stansiya butunlay vayron bo‘lgan, ayrim hududlarda suv sathi o‘ta og‘ir, 80 ga yaqin aholi punkti suv bosish xavfi ostida.

Ukraina janubi mudofaa kuchlarining Birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyukning so‘zlariga ko‘ra, bosqinchilar shu yo‘l bilan Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumining oldini olmoqchi bo‘lgan.

Uning aniqlik kiritishicha, dushman shoshilinch qadam tashlagan va endi uning o‘zi suv bosgan hududlardan qanday qochishni bilmayapti. Rossiya oldindan GESga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rgani ta’kidlangan.

O‘z navbatida, Ukraina razvedkasi (GUR) rahbari Andrey Yusovning aytishicha, Ukrainada Rossiya stansiyani qanday portlatganiga oid dalillar bor. Xususan, dushman GES to‘g‘onini masofadan turib portlatib yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »