Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 5 yoshli bola kanalda oqib ketdi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, u yashash uyining old tomonidan oqib o‘tuvchi Zaxariq kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketib, oqib ketgan.

Hozirda bolani qidirib topish bo‘yicha barcha zarur tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Bundan bir necha kun avval Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalida 16 yoshli bola cho‘kib ketgandi. Uning jasadi bir kun o’tib, 4-iyunda topilgan.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida esa 25-may kuni Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan maktab bitiruvchilaridan biri suvdan qaytib chiqmagan. 9 kun davomida qidiruv ishlari natijasida uning jasadi 3-iyun kuni topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »