Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari ruslar tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun rejalashtirilgan qarshi hujumni hali boshlamagan, ammo uning boshlanishi hamma uchun ayon bo‘ladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.

Foto: UNIAN

Shu tariqa Danilov Rossiya rasmiylarining Ukraina allaqachon qarshi hujumga o‘tgani haqidagi so‘zlarini rad etdi. Uning fikricha, Rossiya rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlarining frontning ayrim sohalarida erishgan muvaffaqiyatlarini kattaroq operatsiya boshlanishi sifatida qabul qilgan.

“Bularning barchasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qarshi hujum qachon boshlanishini armiyamiz qaror qiladi. Hujumni boshlaganimizda buni hamma biladi va ko‘radi”, — dedi u.

Rossiya Mudofaa vazirligi iddaosi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kiyev uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlaganini aytgandi. U Ukraina harbiylari ham inson resurslarida, ham texnikada yo‘qotishlarga duch kelganini ta’kidlagan.

“4-iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlarining 23 va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalari qo‘shinlari birdaniga besh yo‘nalishda hujum uyushtirishga urindi. Ular muvaffaqiyatga erisha olmadi. 300 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 16 ta tank, 26 ta zirhli texnika, 14 ta avtomobil yo‘q qilindi”, —  degan Rossiya mudofaa vaziri.

U 5-iyun kuni ham hujum amalga oshgani, ikkala tomonda ham yo‘qotishlar borligini ma'lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »