Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq vitse-prezidenti, respublikachi Mayk Pens agar prezidentlikka saylansa, Rossiya agressiyasini qaytarishda Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishini aytdi. “Ukrainadagi odamlarga kurashish imkoniyatini berishimiz kerak”, — dedi u 7-iyun kuni Amerikaning CNN telekompaniyasi efirida fuqarolarga bergan intervyusida.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Mayk Pens
Foto: AFP

Shu bilan birga, Pens o‘zining sobiq rahbari, AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning fikriga qo‘shilmasligini bildirdi. Tramp Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini izohlash davomida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “daho” deb atagandi.

“Men daho va harbiy jinoyatchini farqlay olaman va Ukrainadagi urushda kim g‘alaba qozonishi kerakligini ham bilaman — Ukrainada o‘z ozodligi va milliy suverenitetini tiklash uchun kurashayotgan odamlar”, — dedi Pens.

Avvalroq Mayk Pens Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qilgandi. Xuddi shu partiyadan Donald Tramp ham prezidentlikka qayta saylanishga intilmoqda. Pens 2017-yildan 2021-yilgacha Trampning Oq uydagi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, biroq hozir ularning munosabatlari sovuqlashgan.

AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yil 5-noyabrga belgilangan. Respublikachilar partiyasidan eng yuqori davlat lavozimiga aynan kim nomzod bo‘lishi ichki partiyaviy saylovlarda hal qilinadi. Tramp hozirda raqiblaridan ancha oldinda, biroq saylov oldidan ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin, deya qayd etmoqda OAV.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »