Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino butun jamoa tomonidan yaratiladi: ssenariy mualliflari, rejissorlar, libos dizaynerlari, lekin birinchi navbatda tomoshabin aktyorni ko‘radi. Butun ulkan jamoaning ishi barbod bo‘ladimi yoki film xitga aylanadimi, bu aktyorlik mahoratiga bog‘liq.

Selma Ergech Hatiche Sulton rolida (“Muhtasham yuz yil”)

Foto: Filmdan kadr

Selma Ergech “Muhtasham yuz yil” filmida suratga tushganidan so‘ng muxlislari yanayam ko‘paydi. U asta-sekin zolimga aylanadigan sultonning vazmin va qo‘rqoq singlisi rolini o‘ynaydi. Shunga qaramay Hatiche tomoshabinda o‘ziga nisbatan rahm-shavqat uyg‘otadi. Aktrisa Selma obraziga mehrini berdi, qahramonini “jonlantirishga” muvaffaq bo‘ldi.

Silvestr Stallone samariyalik va uning egizak ukasi (“Samariyalik”)

Foto: Filmdan kadr

Silvestr Stallone — kinotanqidchilarni unchalik yoqtirmaydigan, ammo oddiy tomoshabin tomonidan seviladigan aktyor. Aktyor “Samariyalik” nomli superqahramonlik filmidagi roli sabab “Oltin malina” nominatsiyasiga loyiq ko;rildi. Lekin gap uning yomon ijrosida emas, filmning o‘zi zaif bo‘lib chiqqanida. Har holda, tomoshabinlar shunday fikrda.

Mett Smit Deymon Targaryen rolida (“Ajdaho uyi”)

Foto: Filmdan kadr

Jamoatchilik Mett Smitni “Doktor Kim” filmidan bilar edi, ammo haqiqiy shon-shuhrat unga “Ajdaho uyi”dan keyin keldi. Uning qahramoni shahzoda Deymon xarizmatik egoist bo‘lib, bir so‘z bilan aytganda, barcha yaxshi qizlar oshiq bo‘lgan klassik yomon bola.

Emi Adams Anna Foks rolida (“Deraza yonidagi ayol”)

Foto: Filmdan kadr

Emi Adams rol o‘ynagan triller kinotanqidchilarga yoqmaydi va “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘ladi. Ammo tomoshabinlarning ba’zilari film yetarlicha baholanmaganini va aktrisa chiroyli o‘ynaganini aytishadi.

Vaynona Rayder Joys rolida (“Juda g‘alati ishlar”)

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar ekranda Vaynona Rayder paydo bo‘lsa, uning sohibjamol obrazini yaratishiga o‘rganib qolgan. Ammo “Juda g‘alati ishlar” filmida u ikki o‘g‘ilni tarbiyalayotgan yolg‘iz ona rolini ijro etadi. Ba’zi tomoshabinlarning ta'kidlashicha, aktrisa hatto his-tuyg‘ularni ham juda ishonchli ijro etgan.

Chji Chan Uk Xiler rolida (“Xiler”)

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar triller, komediya va sog‘lom sevgi chizig‘ining mukammal uyg‘unligi sabab “Xiler” serialini yaxshi ko‘rishadi. Chji Chan Uk o‘ynagan bosh qahramon Xiler taxallusiga ega. U pul uchun turli topshiriqlarni bajaradi, lekin bir kuni sevib qoladi va endi boshqa odamga aylanadi. Chji Chan Uk aktyorlik mahorati bilan bu voqeani haqiqatga aylantiradi va uni qayta-qayta ko‘rish istagini uyg‘otadi.

Anya Teylor-Joy Nella rolida (“Miniatyurachi”)

Foto: Filmdan kadr

Film voqealari XVII asrda Amsterdamda bo‘lib o‘tadi. Kambag‘al qiz (Anya Teylor-Joy) oila farovonligi uchun boy odamga turmushga chiqadi. Er yosh xotiniga uyning miniatyura maketini beradi, keyin g‘alati narsalar sodir bo‘la boshlaydi. Kino tanqidchilar Teylor-Joyni mazkur filmdagi qoyilmaqom ijrosi sabab “fantastik aktrisa” deb e’tirof etishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »