Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyidagi mashhur ayollar dahshatli voqealarni boshdan kechirgan bo‘lsalar-da, baxtli hayot qura olishning uddasidan chiqishgan.

Sharliz Teron

Onasi otasini otib tashlaganini ko‘rgan

Foto: East News

Sharliz Teronning otasi surunkali alkogolik bo‘lib, xotinini kaltaklagan va ov miltig‘ini qiziga qaratib qo‘rqitgan. 1991-yil 21-iyun kuni Gerda Teron navbatdagi janjal paytida erini 15 yoshli qizining ko‘z o‘ngida otib o‘ldirgan. “Sodir bo‘lgan voqea uchun onamdan hech qachon xafa bo‘lmaganman — onam o‘zini va mening hayotimni saqlab qoldi”, — deydi Sharliz Teron fojia haqida.

Rianna

Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan

Foto: East News

Xonandaning yigiti 19 yoshli Kris Braun 21 yoshli Riannani yopiq mashinada shafqatsizlarcha kaltaklagan, qizning u yerdan qochib qutulishiga imkoni bo‘lmagan. Kris hatto qizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan, biroq politsiya baqir-chaqir ovozlarni eshitib, yetib kelgan. Kris Braun dastlab aybini rad etgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘z ixtiyori bilan politsiya uchastkasiga boradi. Sud uni jamoat ishlariga va besh yillik sinov muddatiga hukm qilgandan so‘ng, qizdan kechirim so‘raydi. Shundan so‘ng xonanda ijod yordamida bu narsani unutishga harakat qiladi. Rianna qo‘shiqlarida bir necha marta zo‘ravonlik mavzusini ko‘tarib chiqadi — Russian Roulette va Man Down qo‘shiqlari aynan shu voqeadan ta’sirlanib yaratilgan.

Kayli Minoug

Saraton bilan kurashgan

Foto: East News

“Shifokorlar tashxisni aytishganda, gapirolmay qolganman”, — 2005-yilda Kayli Minougga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yilgan. Uni jarrohlik va kimyoterapiya kutayotgandi. Kayli sochlarini yo‘qotdi, vazni 38 kilogramm bo‘lib, terisi oqarib, keksa ayolga o‘xshab qoladi. Kurash bir yarim yil davom etadi va davolanish tugagandan so‘ng xonanda darhol to‘xtatilgan gastrol safarini davom ettiradi, kitob va albom yozishni boshlaydi, shuningdek, shaxsiy atirini yaratadi. Ammo Kayli Minougning eng katta yutug‘i — ko‘krak bezi saratoni muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratganidir. Shifokorlar ko‘plab ayollar sog‘lig‘iga e’tibor berishni va muntazam ravishda mammografiyadan o‘tishni boshlaganlarida, “Kayli effekti” paydo bo‘lganini ta’kidlashadi.

Lili Allen

Ikki marta bolasidan ayrilgan

Foto: East News

Britaniyalik qo‘shiqchi Lili Allenning ona bo‘lishga birinchi urinishlari fojiali tugaydi. 2007-yil oxirida 22 yoshli Lili Allen va uning sevgilisi, The Chemical Brothers guruhining 37 yoshli solisti Ed Simons tez orada ota-ona bo‘lishlarini e’lon qilishadi. Bo‘lajak onaning og‘ir davrdan oldin dam olishi va tiklanishi uchun er-xotin Maldiv orollariga ta’tilga ketishadi, ammo o‘sha yerda Lili bolasidan ayriladi. Fojiadan ko‘p o‘tmay, er-xotin ajralishadi. 2011-yilda xonanda qurilish kompaniyasi egasi Sem Kuperga turmushga chiqadi. To‘y bo‘lib o‘tadi, lekin chaqaloq muddatidan ancha oldin o‘lik holda tug‘iladi. Juftlik bir-birini tushungan holda sabr bilan yashashda davom etadi. 2011-yil oxirida u Etel Mari ismli sog‘lom qizchani dunyoga keltiradi, bir yildan so‘ng er-xotin yana farzandli bo‘lishlarini e’lon qilishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »