Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonish istiqbollari hatto uni qo‘llab-quvvatlagan rus elitasining vakillari tomonidan ham past baholandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: CNN

Nashrga ko‘ra, Rossiya elitasini Putinning Ukrainadagi urush istiqbollari haqida chuqur tushkun kayfiyat qurshamoqda va hatto eng optimistik odamlar ham “muzlatilgan” konfliktni Kreml uchun eng yaxshi natija deb biladi.

Siyosiy va biznes elitasining ko‘plari urushdan charchagan va uning tugashini xohlaydi, lekin ular Putin jangni to‘xtatishiga shubha qiladi.

Vaziyat bilan tanish bo‘lgan yetti kishi bu bo‘yicha ma’lumot berib, mavzu nozik bo‘lgani uchun shaxsini oshkor qilmaslikni so‘ragan.

“Hech kim prezidentga bosqin sababli qarshi bo‘lishni istamasa-da, uning yetakchiligiga bo‘lgan ishonchni shubha ostiga qo‘ydi”, — deydi ular.

Ikki manbaning aytishicha, eng maqbul natija yil oxiridagi muzokaralar bo‘lardi va bu Putinga Ukraina hududining bir qismini bosib olgan holda ruslarga g‘alabani e’lon qilish imkonini berardi.

Bosqindan keyin mamlakatni tark etgan Rossiya hukumatining sobiq maslahatchisi va hozirda Vena shahrida joylashgan Re:Russia tahlil markaziga rahbarlik qilayotgan Kirill Rogov fikricha, rus elitasi “bema’ni urushda aybdor bo‘lishdan qo‘rqadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya elitasi orasida Putin urushda g‘alaba qozonmasligi haqidagi tushuncha “ajablanarli darajada keng tarqalgan”.

Garchi Rossiya armiyasi Kiyevni urush boshida qo‘lga kirita olmaganidan keyin g‘alaba nimaligini aniq bilmasa-da, Putinning o‘zi va uning yuqori martabali mulozimlari Rossiya g‘alaba qozonishini ta’kidlamoqda.

Beshta manba Rossiya prezidenti urushni tugatish istagini bildirmaganini ilgari surdi. To‘rt manbaning ta’kidlashicha, elitaning aksariyati vaziyatga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasligiga amin.

“Urushning oxiri ko‘rinmagan, Rossiya rasmiylari va milliarderlari ko‘p yillik xalqaro izolyatsiya va Kremlga qaramlik kuchayib borayotganini biladi, chunki Putin biznesni urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga undamoqda va atrofidagilarga lavozimni tark etishni taqiqlamoqda”, — deydi Bloomberg.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »