Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshkent shahri aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi poytaxt hokimining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan seysmik xavfsizlikni ta’minlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tuzildi.

Qayd etilishicha, bino va inshootlarning konstruksiyalari texnik holati bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruv xulosalari hamda muhandislik-geologik tadqiqotlar o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarga tadqiqotlarni o‘tkazishning barcha jarayonlari videotasviri (Ishlarni bajarish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda) va laboratoriya natijalari ilova qilinadi, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib boriladi va ularning reyestri yuriladi.

Instrumental-texnik tekshiruv va muhandislik-geologik tadqiqotlarni o‘tkazadigan tashkilotlar o‘tkazilgan har bir tadqiqot va ular bo‘yicha berilgan har bir xulosaning sifati va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida seysmik xavfsizlikni ta’minlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid hududiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.

Toshkent shahar FVB, SSBB, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, tuman hokimlari, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar tumanlarda kuchli va talafotli zilzila oqibatida aholi hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan maxsus infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha aniq choralarni belgilaydi va kelishish uchun Respublika kengashiga kiritadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »