Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yo‘lovchi elektrobusi va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati 

Unga ko‘ra, hodisa 8-iyun kuni soat 12:30 larda 7-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi, 94-sonli yo‘nalish haydovchisi avtobusni Uchtepa tumani Guliston ko‘chasi orqali “Muxlisa” va “Ahmad” bekati oralig‘ida boshqarib borayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Yo‘l chetidagi Lacetti haydovchisi mast holatda avtomobilni boshqarib to‘satdan yo‘lning qatnov qismiga chiqqan va elektrobusga urilgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus va Lacetti texnik shikastlangan. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Bu poytaxtda elektrobus bilan bog‘liq ilk holat emas. 5-iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli — Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti, Malibu-2 va Yutong rusumli elektrobus ishtirokida ham YTH yuz bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »