Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, Rossiya atom sanoati kuchli raqobat sharoitida ham “o‘zining yetakchi mavqeyini” isbotlay oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ham shunday bo‘ladi.

Shu tariqa Peskov Buyuk Britaniya va AQSHning Rossiyaga atom energiyasi bozorida raqobat ko‘rsatish niyatida ekanligi haqidagi bayonotlariga izoh berdi.

“Rossiya atom sanoatining raqobatbardoshligini shakllantirish jahon bozoridagi shiddatli sharoitda yuz berdi. Aynan shu raqobat natijasida Rossiya atom sanoati yetakchi mavqeini isbotladi. Biz  yetarlicha kuchlimiz. Bizning atom sanoatimiz hamkorlikdan manfaatdor bo‘lganlarga o‘z afzalliklarini isbotlashda davom etishga tayyor”, — dedi janob Peskov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Avvalroq “Rosatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.

“Biz atom bo‘yicha madaniyati ham, qonunchiligi ham yo‘q mamlakatlarga kirib boramiz. Qolaversa, biz ularning yadroviy infratuzilmasini, qonunchiligini yaratamiz, odamlarni tayyorlaymiz”, — dedi rossiyalik amaldor Gennadiy Saxarov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »