Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida bankdan kredit olishda yordam berish evaziga pul talab qilgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, fuqaro Samarqand shahar “Shukrona” mahallasida maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Xalq banki” shahar filialidan kredit olmoqchi bo‘lib yurgan vaqtida, mazkur MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs unga “o‘z xizmatini” taklif qilgan.

Fuqaro 7-iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, hokim yordamchisi bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million so‘m miqdorida kredit chiqarib berish evaziga 1,5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Samarqand shahar Sayfi Saroy ko‘chasida joylashgan “Shukrona” MFY binosi yonida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1,5 ming dollar miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pora bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchilari

May oxirlarida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida hokim yordamchisi pora olayotganida ushlangandi. Fuqaro 25 million so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida mahallaning hokim yordamchisiga uchrashgan. Ammo hokim yordamchisi unga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytgan. Biroq u fuqaroga “yordam berish” uchun 100 dollar va 900 ming so‘m olayotganida qo‘lga tushgan.

Aprel oyida esa Qashqadaryoning Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarida ikki nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Ulardan biri 1,7 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bo‘lsa, boshqasi yer bilan bog‘liq noqonuniy ishga aralashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »