Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 2022-yil avgust oyida uning qarorgohida topilgan maxfiy hujjatlarga oid jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi. Bu haqda sobiq prezidentning o‘zi ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Trampga qo‘yilgan ayblov moddalari haqida 13-iyun, seshanba kuni ma’lum bo‘ladi, o‘sha kuni u Mayamidagi politsiyaga rasman taslim bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng siyosatchiga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanadi, tergov materiallari e’lon qilinadi.

New York Times ikki manbaga tayanib, ayblovda yettita epizod, jumladan, ont ichib aldash va adolatga to‘sqinlik qiluvchi fitna uyushtirish bo‘lishi haqida yozmoqda. Tergovga maxsus tayinlangan mustaqil prokuror Jek Smit boshchilik qilmoqda.

O‘z bayonotida Tramp aybini tan olmadi va bu kunni AQSH uchun “eng qorong‘i kun” deb bilishini yozdi. Prokurorlar va Oq uy rasmiylari ayblovlar oshkor etilmaguncha Smitning qaroriga izoh bermasligini aytdi.

Bu Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi jinoiy ish. Aprel oyida u Nyu-York shtati sudyalari tomonidan biznes yozuvlarini soxtalashtirishda ayblangan edi. Bu bo‘yicha sud jarayoni 2024-yilning mart oyida boshlanadi.

Tramp bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Agar u birorta modda bo‘yicha aybdor deb topilib, qamoqqa jo‘natilgan taqdirda ham bu uni AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »