Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Neft va gaz sohasida ishlayotgan turkmanlar sanoat standartlari bo'yicha ish haqi pastligi, shuningdek, shunga o‘xshash lavozimlarda ishlaydigan chet elliklar ko‘proq maosh olishi sababli mamlakatni ommaviy ravishda tark eta boshladi. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Foto: “Turkmengaz”

Nashrning taʼkidlashicha, ularda so‘nggi oylarda respublikani tark etgan 17 nafar burg‘ilash bo‘yicha mutaxassisning ro‘yxati bor. Ulardan sakkiz nafari avval Irlandiyaning Dragon Oil kompaniyasida, besh nafari Italiyaning Eni va to‘rt nafari Malayziyaning Petronas kompaniyasida ishlagan. Qayd etilishicha, yuqoridagi barcha korxonalar Kaspiy shelfini o‘zlashtirmoqda.

Turkmaniston fuqarolari, masalan, katta burg‘ilash muhandislari oyiga 1000-1300 dollar maosh oladi. Mamlakat aholisi uchun bu munosib daromad sanaladi, ammo chet elliklar kuniga shuncha miqdorda daromad topadi.

Mutaxassislar maoshi tabiiy boyliklarni qazib olish hisobiga olayotgani bois, Turkmaniston xorijlik neft va gaz ishchilariga yuqori maosh beradi.

“Davlat o‘z xodimlarini moliyaviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda qo‘llab-quvvatlashi foydali bo‘lardi, biroq sohada faoliyat yuritayotgan xorijlik kompaniyalar rahbarlari bunga parvo qilmayapti”, — deyiladi xabarda.

Vaziyat xorijlik burg‘ilovchilar turkmanistonlik hamkasblarini boshliqlariga kamsitayotgani sababli yanada og‘irlashmoqda.

Garchi mahalliy mutaxassislar xorijga chiqib, Saudiya Arabistoni, Qatar va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarga xotirjamlik bilan ishga joylashmoqda.

“U yerda ularga nafaqat jahon standartlari bo‘yicha maosh to‘lanadi, balki ularga martaba o‘sishi va malakasini oshirish imkoniyati ham beriladi, bolalarga esa xalqaro maktablarda o‘qish uchun haq to‘lanadi”, — deydi manba.

Maoshlardagi farqqa amaldorlarning sukut saqlashi ham ta’sir qiladi. Masalan, “Turkmanneft”da maksimal ish haqi 400-600 dollarni tashkil etadi va yuqori rahbariyatga bu chegarani oshirmaslik kerakligi aytiladi. Lekin ayni paytda mahalliy rahbarlar xorijlik mutaxassislarning maoshlarini qisqartirish yoki nazorat qilish vakolatiga ega emas.

Shunday qilib, Turkmaniston yangi kelganlar bilan o‘rnini almashtirish qiyin bo‘lgan malakali ishchilarni yo‘qotmoqda. Zero, neft-gaz sohasida mutaxassis tayyorlash 10-15 yilni oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »