Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Ukrainaga kelgusi yordami, shuningdek, prezident Jo Baydenning xalqaro obro‘si Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumining muvaffaqiyatiga bevosita bog‘liq. Bu haqda yuqori martabali amerikalik amaldorlar Politico nashriga anonimlik sharti bilan ma’lum qildi.

Foto: “Sb.by”

Nashr suhbatdoshlari, agar Ukrainaning hujumi yetarli darajada muvaffaqiyatli bo‘lmasa yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam tugab bitishi, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiriqlar tobora balandroq yangrashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Xususan, nashr manbalarining aytishicha, hozirgi yordam paketi tugaganidan keyin Kongress Ukraina uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Rasmiylar, shuningdek, Ukraina hujumining boshlanishidagi har qanday noto‘g‘ri qadam Kongressda respublikachilar tomonidan demokratlarning mudofaa xarajatlarini oshirish tashabbusini bloklash uchun bahona bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Nashr, shuningdek, Vashingtonda Rossiya hududiga qilingan hujumlardan xavotir ortib borayotganini qayd etdi. Ukraina rahbariyati ushbu zarbalarga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, amerikalik amaldorlar bunga shubha qilmoqda. Ular Kiyev yoki hech bo‘lmaganda Ukraina taraf kuchlar Kremlga qilingan dronlar hujumiga, shuningdek, rossiyalik Z-bloger Vladlen Tatarskiyning o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar uchun javobgar, deb hisoblamoqda. Politico gazetasining yozishicha, bunday voqealar munosabati bilan AQSH diplomatik kanallar orqali allaqachon bir qator qattiq ogohlantirishlar bergan.

Shu bilan birga, nashr manbalari Ukraina hujumining muvaffaqiyati G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini kuchaytirishi mumkinligini istisno qilmadi.

May oyida Politico AQSH Rossiya—Ukraina urushini uzoq yillarga muzlatib qo‘yish imkoniyatini rad etmagani haqida yozgandi. O‘z navbatida, Moskva ham Kiyev ham bunday ssenariyga qarshi chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »