Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqaridan qaraganda, san’atkorlar tinimsiz mehnat qilib, har yili durdona rollar ijro etishga qodirdek. Ammo ular ham hammamiz kabi oddiy odam. Ular ham charchashadi va muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishadi. Ba’zilari oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlaydi.

Mayvenn

Foto: AdMe

Mayvenn ko‘pchilikka “Beshinchi element” filmidagi Plavalaguna ma’budasi obrazi bilan tanish. Afsonaviy kartinada aktrisa 26 yil oldin rol ijro etgan. Shundan so‘ng, u asosan fransuz filmlarida rol o‘ynadi, ular unchalik mashhur bo‘lmagan.

Ammo yaqinda aktrisa muxlislarini ajoyib roli bilan xursand qildi. 2023-yil may oyida “Janna Dyubarri” filmining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi, unda Mayvenn bosh qahramon, qirol Lui XV ning ma’shuqasi rolini o‘ynadi, shuningdek, rejissor sifatida ham ishladi.

Shelli Dyuval

Foto: AdMe

Dyuval “Neshvill”, “Uch ayol”, “Enni Xoll” va boshqa filmlarda rol o‘ynagan. 2002-yilda aktrisa ta’tilga chiqishga qaror qildi — bu tanaffus 20 yilga cho‘zildi. 2023-yilda Dyuval ishtirokidagi “O‘rmon tepaliklari” qo‘rqinchli filmi namoyish etiladi. Aktrisa yana kinoga qaytganidan xursandchiligini aytib, “Oskar”ni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida hazillashdi.

Lindsi Lohan

Foto: AdMe

Lohan bir nechta kult komediyalarda rol o‘ynagan — “Ota-onalar uchun tuzoq”, “Qora juma”, “Yaramas qizlar” va boshqalar. Keyinchalik aktrisa sifatida karyerasida ko‘p yuksalishlar va pasayishlar bo‘lgan. 2013-yilda “Kanyonlar” filmida bosh rolni o‘ynagan Lohan uzoq vaqt davomida ikkinchi darajali qahramonlar obrazida qolib ketdi. 2022-yilda aktrisa “Unutilmas Rojdestvo” filmida bosh rolda paydo bo‘ldi.

Xyu Grant

Foto: AdMe

Xyu Grant ko‘pincha romantik komediyalarda rol o‘ynagan. Biroq navbatdagi “Qochoq Morganlar” filmida o‘ynagan aktyor bunday filmlardan charchaganini aytadi.

7 yil davomida Grant faqat kichik rollarda paydo bo‘ldi. 2016-yilda u nihoyat “Primadonna” filmida o‘ynab, yetakchi o‘rinlarga qaytdi. 2023-yilda uning ishtirokida 2 ta film chiqdi: “Fortuna operatsiyasi: G‘alaba san’ati va “Zindon va ajdarlar”. Aktyor “Villi Vonka” filmida ham suratga tushadi.

Kemeron Dias

Foto: AdMe

9 yil oldin aktrisa ishidan charchagan va kinoni tark etgandi. Dias ishtirokidagi so‘nggi film — “Enn” 2014-yilda ekranlarga chiqqan. Shundan so‘ng u turmushga chiqib, farzandli bo‘ldi. 2023-yilda Dias tug‘uruq ta'tilidan to‘g‘ri yangi suratga olish maydonchasiga keldi. Fevral oyida uni “Ishga qaytish” filmining suratga olish maydonchasida ko‘rishgan.

Teylor Lotner

Foto: AdMe

Lotnerga olamshumul shuhrat keltirgan “Sumerki” sagasidagi Jeykob rolidan keyin aktyor ekranlarda ko‘rinmay qoldi. Vaqti-vaqti bilan u epizodlarni ijro etdi. 2016-yildan keyin esa ekranlardan butunlay g‘oyib bo‘ldi.

Nihoyat 2022-yilda Lotner “Uy o‘yini” filmidagi juda muhim rol bilan tomoshabinlarni xursand qildi. Aktyor filmda maktab futbol jamoasining murabbiyi rolini o‘ynagan.

Bleyk Layvli

Foto: AdMe

Layvining so‘nggi filmi “Ritm bo‘limi” 2020-yilda chiqqan. Shundan keyin aktrisa ekranlarda ko‘rinmay qoldi. Bu vaqt ichida u to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi va endi kinoga qaytmoqda. Layvlining muxlislari bir vaqtning o‘zida aktrisa bosh rolni o‘ynagan ikkita loyihani kutishmoqda: “Oddiy iltimos” filmining davomi va “Hammasi bizda tugaydi” filmi.

Jonni Depp

Foto: AdMe

Jonni Depp ma’lum bir vaqtgacha har yili bir nechta filmlarda ishtirok etdi. Biroq “Buyuk” filmidagi rolidan so‘ng aktyor “Janna Dyubarri” filmi rejissori Mayvenn uni o‘z filmidagi bosh rolga taklif qilmaguncha, bir necha yil davomida suratga tushmadi. Depp qirol Lyudovik XV rolini o‘ynagan film 2023-yilda jahon prokatiga chiqariladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »