Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida ikki o‘zbekistonlik majburiy mehnat uchun noqonuniy ravishda tutqunlikda saqlangani aniqlandi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Foto: Pixabay

Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar uch yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan.

“10-iyun kuni Olmaota viloyati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor maʼlumotlar yordamida O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosini mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish fakti aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha Qorasoy tumanida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro A. 3 yil davomida jabrlanuvchilarni ushlab turgan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur fakt Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 126-moddasi 3-qismi 2-bandi (noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish) bilan ro‘yxatga olingan. Gumonlanuvchi tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 22 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »