Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Fleyd Meyvezer AQSHning Florida shtatida Jon Gotti IIIga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Mazkur bellashuv ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi.

Meyvezer jangni nazorat qildi, Gottining harakatlari esa omadli chiqmadi. To‘rtinchi raundda raqiblar o‘zaro tortishib ketdi. Oltinchi raundda Jon qoidalarni doimiy ravishda buzgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Shundan so‘ng Gotti III hakamning to‘xta ishorasiga bo‘ysunmay Floydga hujum qildi.

Meyvezerning jamoasi va Gottining vakillari ham janjalga aralashdi. Ommaviy mushtlashuv boshlandi. Jangning rasmiy natijasiga ko‘ra, sakkiz raundga mo‘ljallangan bahs oltinchi raundda to‘xtatilgan.

Janjal va mushtlashuvlar ring tashqarisida ham davom etgan.

Ma’lumot uchun, sobiq MMA jangchisi Jon Gotti III Nyu-York mafiyasining boshlig‘i bo‘lgan marhum Jon Gottining nabirasi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »