Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yilning may oyidan beri Rossiya qo‘shinlarining Baxmutga hujumi oqibatida 60 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi yoki yaralandi, deb xabar bermoqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan videoda.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Baxmut yo‘nalishida 29 kilometrga yaqin ilgarilagan. Bu esa egallangan har 48 santimetr yer uchun bir nafar rus askari o‘ldirilgani yoki yarador bo‘lganini anglatadi, deyiladi rolikda.

2022-yilning fevral oyida Rossiya 10-14 kun ichida butun Donbasni egallab olishni rejalashtirgan edi. Ammo Baxmutda qo‘lga kiritilgan har 48 santimetr yer evaziga bir nafar rus askari halok bo‘ldi yoki yaralandi. Ukraina kurashni davom ettirmoqda.

May oyining oxirida, Baxmut qo‘lga kiritilgandan so‘ng, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari shaharni tark etib, o‘rnini oddiy bo‘linmalarga bo‘shatib berdi. Iyun oyi boshida Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut yaqinida hujumga o‘tgani va bir nechta hududlarda oldinga siljiganini aytishdi. CNN yozishicha, Ukraina harbiylari Baxmut hududida Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga urinish davomida kutilganidan ko‘ra ko‘proq qarshilikka duch kelgan hamda ko‘plab shaxsiy tarkib va texnikalaridan ayrilgan.

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin may oyida harbiy kompaniya tomonidan yollangan 10 ming sobiq mahbus Baxmut uchun janglarda halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. AQSH prezidenti Jo Bayden Baxmut uchun janglarda Rossiyaning yo‘qotishlarini 100 mingga yaqin odam, deb baholagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »