Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning hujumi haftalab yoki oylab davom etadi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron polshalik hamkasbi Anjey Duda va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan 12-iyun kungi qo‘shma matbuot anjumanida. Bu haqda Barrons nashri yozmoqda.

Foto: Reuters
“Biz buning imkon qadar muvaffaqiyatli kechishini istaymiz, shundagina muzokaralar bosqichini ma’qul shartlar bilan boshlashimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Makron.

Shu kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Ukraina hujumi haqida fikr bildirdi.

“Hujumning borishi Ukraina jang maydonida muvaffaqiyat qozonishi uchun hozir uni qo‘llab-quvvatlashimizni maksimal darajada oshirish zarurligini ko‘rsatdi”, — dedi u.

Rossiya Mudofaa vazirligi va OAV Ukraina armiyasi o‘tgan hafta yirik hujumlarga o‘tganini xabar qilgandi. Kiyev bu haqda rasman e’lon qilgani yo‘q. Bloomberg Ukraina Qurolli kuchlari og‘ir talafotlar ko‘rayotgani haqida yozdi. Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Kiyev o‘z harakatlari bilan Rossiya mudofaasining zaif tomonlarini topishga urinmoqda. Telekanal manbasi hozircha Ukraina Qurolli kuchlarining harakatlarini “jangovarda razvedka” deb atash to‘g‘riroq bo‘lishini ta’kidladi.

Avvalroq Ukraina keng ko‘lamli qarshi hujumga deyarli tayyor ekani, ammo uning muvaffaqiyatiga uchta omil to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »