Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Sian shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo—Xitoy sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Zhejiang Union of Railway Logistics kompaniyasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va “Qirg‘iz temiryo‘li” milliy kompaniyasi davlat korxonasi  hamkorligida Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9-iyun kuni start berildi.

Tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

Xitoy—Qirg‘iziston–—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida uch davlat vakillari tomonidan kelishilgan edi. 2023-yilning 29-aprelida temiryo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorligi ma’lum bo‘lgan. 19-mayda esa temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo—Xitoy birinchi sammitida “Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘laydigan, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikaga olib chiqadigan xavfsiz va eng qisqa transport yo‘laklarini rivojlantirish strategik ahamiyatga ega. Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda Trans-Yevrosiyo magistrali loyihasi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ‘Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston’ avtomobil va temiryo‘llari esa uning muhim tarkibiy qismi bo‘ladi”, — deb aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »