Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya mamlakatning birinchi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qildi, unda Rossiya mamlakat xavfsizligi va butun Yevro-Atlantika makoniga asosiy tahdid deb qaralgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xavfsizlik strategiyasida Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirish o‘rin olgan. Shuningdek, har yili ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 2 foizini mudofaaga sarflashni rasmiy siyosat maqsadiga aylantirish ko‘zda tutilgan.

“Bugungi Rossiya hozirda Yevro-Atlantika mintaqasida tinchlik va xavfsizlikka eng jiddiy tahdiddir”, — deyiladi hujjatda.

Xitoyga nisbatan Germaniya hukumati “so‘nggi yillarda raqobat elementlari kuchayganini” ta’kidlab, Pekin hukumati “ko‘plab dolzarb global muammolarni uning ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydigan sherik bo‘lib qolayotganini” aytdi.

Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishidan oldin hukmron alyans partiyalari o‘rtasida bir necha oy davom etgan tortishuv bo‘lib, muxolifatdagi qonunchilar hukumatni partiya siyosatini mamlakat ehtiyojlaridan ustun qo‘yganlikda ayblagan.

Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Nils Shmidning aytishicha, yangi xavfsizlik strategiyasi Germaniya tashqi siyosatining maqsad va tamoyillarini mustahkamlash uchun “muhim asos” beradi.

“Rossiyaning bosqinchilik urushi va dunyoning boshqa qismlarida avtoritar tendensiyalari o‘zimizni yanada qat’iyroq ko‘rsatishimiz kerakligini anglatadi”, — dedi Shmid.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »