Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Modern Talking guruhining shou-biznes olamidagi olamshumul muvaffaqiyatini Yevropada hozirgacha hech kim takrorlay olmadi. Tomas Anders hamkasbi va ijodiy g‘oyalar katalizatori Diter Bolen mashhur guruhni yaratish tashabbuskori bo‘lganini hech qachon inkor etmagan.

Foto: Legion Media

Tomas Anders

Burgomisterning o‘g‘li Tomas Anders o‘zining ajoyib musiqiy qobiliyatini bolaligidayoq namoyon etgan. Ota-onasi uning turli musobaqalardagi muvaffaqiyatlaridan juda xursand bo‘lishadi. Vaqt o‘tib, nemis sahnasida jozibali ko‘rinishga ega va g‘ayrioddiy yumshoq, lirik ovozli yorqin qo‘shiq ijrochisi paydo bo‘ladi.

Foto: Legion Media

1983-yilda uning hayotida muhim voqea yuz beradi: Tomas Diter Bolen bilan tanishadi. Shunday qilib mashhur Modern Talking dueti tug‘iladi.

Foto: Legion Media

Minglab muxlislarning olqishi va sevgisidan yoshlarning boshi aylanib ketadi. Mashhur duet qo‘shiqlari yozilgan musiqiy disklar katta talabga ega edi. Ammo Anders keyinchalik omadsizligiga sababchi bo‘ladigan mallasoch go‘zal Nora Balling bilan tanishadi. Noraning go‘zalligiga mahliyo bo‘lgan Anders unga butun vujudi bilan oshiq bo‘ladi. Tez orada ular turmush qurishadi va yangi kelin g‘ayrat bilan ishga kirishadi.

Tomas Anders va Nora Balling
Foto: Legion Media

Aqlli ayol nemis duetining ajoyib mashhurligini hisobga holda uchinchi shaxs bo‘lib guruhga qo‘shilishga qaror qiladi: menejer, direktor va deyarli xonanda sifatida ham. Avvaliga Tomas xotinining tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Rafiqasi betakror tashqi ko‘rinishi — uzun sochli,  yoqimli ovozga ega sohibjamol ijodiy yondashuvi bilan ham ko‘pchilikni maftun qilishi mumkin edi.

Foto: Legion Media

Ammo Nora mashhur duetning keyingi faoliyatiga mo‘ljallagan maqsadlarini yashirib o‘tirmaydi. Natijada do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushadi va Modern Talking 1987-yilda tarqatib yuboriladi.

Tomas Anders va Nora Balling
Foto: Legion Media

Biroq millionlab muxlislar baxtiga 11 yildan so‘ng mashhur duet yana birlashadi. To‘g‘ri, guruh avvalgidek mashhur bo‘la olmaydi — o‘zaro hurmatsizlik bunga yo‘l qo‘ymaydi. Tomas Diterning yomon fe'l-atvori haqida gapirsa, Bolen Andersning dangasaligini omma oldida e'lon qiladi. Umuman olganda, sobiq do‘stlarning yo‘llari 5 yildan keyin yana ajraladi. Tomas bu orada tarjimon Klaudiya Xess bilan tanishadi, ular ko‘p o‘tmay turmush quradi va taniqli qo‘shiqchining o‘g‘li Aleksandr dunyoga keladi.

Tomas Anders va Nora Balling
Foto: Legion Media

60 yoshli Anders o‘z vatanida hali ham muvaffaqiyatli chiqishda davom etmoqda: uning nomi hozirgacha Germaniya va Yevropada mashhur. 2020-yilda u o‘zining dastlabki qo‘shiqlari va Modern Talking’ning ba’zi xitlarini o‘z ichiga olgan musiqiy albomini chiqardi.

Foto: Legion Media

Diter Bolen

Hozirda 69 yoshli Diter Bolen ham tug‘ma optimizmi va oldingi qat'iyligini yo‘qotmasdan, muvaffaqiyatga intilishda davom etmoqda.

Foto: Legion Media

U hayotidagi ilk cholg‘u asbobi – gitarasiga o‘z mehnati bilan erishganidan hamon faxrlanadi. Kuchli, irodali va ba'zan qattiqqo‘l Diter musiqa kabi nozik mashg‘ulot uchun umuman mos emas emasdek ko‘rinadi. Ammo u aynan shu yo‘nalishda iste’dodli edi. Keyinchalik yoqimli ovozga ega bo‘lgan Diterda bastakorlik qobiliyati ham uyg‘onadi. U tungi klublarda chiqish qilib, mashhurlikka erishadi. Musiqaga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli unda jahon sahnasida mashhur bo‘lish va bir kun kelib millioner bo‘lish istagini uyg‘otadi.

Foto: Legion Media

Bundan tashqari, Diter ijodiy g‘oyalarga to‘la edi. Ulardan biri mashhur Modern Talking guruhining yaralishiga sabab bo‘ldi. Diter Bolen iqtidorli qo‘shiqchi Tomas Andersning ishtirokisiz loyiha muvaffaqiyatga erisha olmasligini bir necha bor tan oladi.

Foto: Legion Media

Biroq olamshumul mashhurlik va millionlab gonorar sahnadagi ajoyib chiqishlariga qaramay, Diterning shaxsiyatini buzadi. Bunga Bolenning aqlbovar qilmaydigan sevgisi sabab bo‘ladi.

Foto: Legion Media

Erika Zauerlendga uylangan va 3 nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, Diter arab qizi Nadiya bilan sevgi munosabatlarini boshlaydi. Erika bilan ajrashgandan va jozibali sharq qizi bilan munosabatlaridagi tanaffusdan so‘ng, Diter model Verona Feldbushga qiziqib qoladi. Model bilan nikohi uzoq davom etmaydi. Estefaniya Kaster bilan bo‘lgan qisqa munosabati uning to‘rtinchi marta ota bo‘lishiga olib keladi: Bolen o‘g‘illi bo‘ladi.

Foto: Legion Media

Ehtimol, bu ro‘yxat yana davom etgan bo‘lardi. Ammo Mayorkadagi ta'tilida u kutilmaganda maftunkor Karin Valsi bilan tanishadi. Mehmonxonada administrator bo‘lib ishlaydigan qiz uning qalbini zabt etadi. U Diterdan 31 yosh kichik bo‘lib, qo‘shiqchi va musiqachi birinchi marta chinakam muhabbatni his qiladi. Uni deb Diter spirtli ichimliklardan voz kechadi, sport bilan faol shug‘ullana boshlaydi, Karin tayyorlab beradigan parhezga o‘tadi.

Diter Bolen va Karin Valsi
Foto: Legion Media
Diter Bolen va Karin Valsi
Foto: Legion Media

Hozirda Karindan tug‘ilgan ikki bolaning otasi bo‘lgan Diter 68 yoshida ham juda ajoyib ko‘rinadi. Uning shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlar mashhur Modern Talking guruhining asoschilaridan biriga foydali ta'sir ko‘rsatdi. 16 yildan so‘ng u ijodiy faoliyatiga qaytdi.

Foto: Legion Media

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »