Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aftidan, bu yilgi yoz qirollik oilalari uchun omadli keldi. 1-iyun kuni Iordaniya valiahd shahzodasi Husayn va Saudiya arabistonlik tadbirkorning qizi Rajvaning ajoyib to‘yi bo‘lib o‘tdi, marosimga 3 mingga yaqin mehmon taklif qilindi. Bundan bir necha kun oldin qirollik oilasida yana bir to‘y bo‘ldi — bu safar Birlashgan Arab Amirliklarida.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shu yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri va Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashidning qizi shayxa Mara turmushga chiqayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Arab dunyosidagi shunday nufuzli shaxsning qiziga, shubhasiz, ko‘pchilik orzumand edi. Va nihoyat Mara shayx va tadbirkor Mana al-Maktumni tanladi.

Yigit Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlarida xizmat qilgan, keyin esa xavfsizlik va biznesdagi xatarlarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan. Egallagan bilimlari unga MM kompaniyalar guruhiga, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridagi boshqa ko‘plab kompaniyalarga egalik qiluvchi yirik tadbirkor bo‘lishga imkon berdi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor yigit futbol, ​​chang‘i, ot minishni yaxshi ko‘radi va falsafa hamda dunyo bo‘ylab sayohat qilishdan ilhom oladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Yoshlarning to‘yi oilalarining mavqeyiga mos ravishda hashamatli tarzda o‘tdi. Kelin qo‘l mehnati bilan tikilgan kashtali, munchoq va payetlar bilan bezatilgan arab brendi — Ezra Couture libosini kiydi. Qizning o‘ng qo‘lida katta olmosli unashtiruv uzugi, chap qo‘lida esa gardishi bo‘ylab brilliant terib chiqilgan yana bir bilan uzuk bor edi. Shayxa taqinchoqlarini nafis bilaguzuk va siferblati toshlar bilan bezatilgan soat bilan yakunlagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Foto: Ijtimoiy tarmoq

To‘yning asosiy rangi oq bo‘lib, kelinning libosi va to‘yxonani bezab turgan dekoratsiya ham shu rangda qilingan. Shunday qilib, stollar oq va och pushti atirgullar, pion va shamlar bilan bezatilgan, tadbir uchun zal oq va qaymoq ranglar bilan, oq atirgullar bilan bezatilgan. Gullar bilan bezatilgan, bir necha metrga teng bo‘lgan oppoq tort alohida e'tiborga loyiqdir.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »