Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida Janubiy Koreyada faoliyat yurituvchi malakali shifokorlar ish boshlashi mumkin. Viloyat hokimi Zoir Mirzayev ularni tizimdagi katta lavozimlarga ishga taklif qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Nozim Abdulla

Maʼlum bo‘lishicha, Zoir Mirzayev bugun koreyalik mutaxassislar bilan muloqot qilgan.

Foto: Nozim Abdulla

“Bilamizki, Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Xususan, tibbiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik borasida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Zoir Mirzayev Janubiy Koreyaning Geonggi-do provinsiyasi Sog‘liqni saqlash va tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i Eom Woun Ja boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv chog‘ida bunga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Avvalo, zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishda Koreya texnologiyalaridan foydalanish, unda sog‘lom ovqatlanish, diagnostika, kasallikni erta aniqlash kabi barcha etaplarni o‘z ichiga oladi. Buni viloyatda faoliyat yuritayotgan 600 dan ortiq xususiy klinikalarda ham joriy etish taklifi ilgari surildi”, — deyiladi hokimlik maʼlumotida.

Taʼkidlanishicha, Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan tibbiyot sug‘urta tizimi, endilikda, Toshkent viloyatida ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Nozim Abdulla

“Shu bois viloyat rahbari aholini qiynayotgan asosiy kasalliklarni davolashda davlat tomonidan kafolatlangan bepul, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish zarurligi borasida ham maʼlumot berdi. Eng asosiysi, viloyat hokimi Geonggi-do provinsiyasining malakali mutaxassislarini viloyatga ishga chaqirdi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishini, barcha sharoitlar yaratib berilishini taʼkidladi”, — deydi masʼullar.

Foto: Nozim Abdulla

Qo‘shimcha qilinishicha, suhbat davomida viloyatda onalar va bolalar, ayniqsa chaqaloqlarni davolash bilan bog‘liq mutaxassislarning malakasini oshirish, uyda yotgan bemorlar parvarishi borasida ham Koreyaning yo‘nalishi zarurligi taʼkidlangan. Xirurgiya va onkologiya sohalari bo‘yicha kadrlar almashish, ularning malakasini oshirish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »