Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ayol 50 km tezlikda harakatlanganda ham 72 km tezlik bilan jarima kelayotganini aytib, murojaat bilan chiqdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur xabarlar yuzasidan tushuntirish berib, sinov o‘tkazdi

Xabarga ko‘ra, prezidentning tegishli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri hududida mashinalarning yuqori cheklangan tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangan. Bu bo‘yicha yo‘l harakati qoidalarining 78-bandiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. 

Xodimlar tomonidan surishtiruv olib borilib, murojaat yo‘llagan fuqaro aniqlandi va qoidabuzarlik sodir etilgan joy — Yangihayot tumanining o‘zida holatga to‘liq oydinlik kiritildi. Kameraning ishlash tartibi va aniqligini tekshirish bo‘yicha sinov tashkil etildi. Sinovdan so'ng ayol adashganini tushunib yetdi. 

“Balki, o‘zim adashgandirman. Chunki Toshkent shahri deyilgan joyda 60 bo‘lishi kerak ekan, men 60 dan past keldim deb o‘ylagan ekanman. Balki, o‘zim tezlikni oshirib yuborgandirman. Men adashgan ekanman”, — deydi ayol.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »