Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashagan 32 yoshli S.M. 2022-yil 21-mart kuni IIB xodimlari va bir nafar mahkum tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida tergov hibsxonasida vafot etgandi. Uning o‘limiga sababchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi.

Mahkumning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan 2023-yil 22-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, IIV JIEDga qarashli 3-son tergov hibsxonasida ishlovchi quyidagi shaxslar Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 1 yil 6 oy muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi:

  • hibsxona boshlig‘i yordamchisi — smena boshlig‘i U.A.;
  • tartibot bo‘limi katta inspektori J.R.;
  • tartibot bo‘limi korpus kattasi E.R.;
  • tartibot bo‘limi katta nazoratchisi M.J.;
  • tartibot bo‘limi katta nazoratchisi S.I.;
  • tartibot bo‘limi katta nazoratchisi M.M..

Shuningdek, ushbu jinoyatda aybli deb topilgan quyidagi xodimlar 1 yil 6 oy muddatga ichki ishlar organlari tizimi va shifokorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi:

  • 3-sonli tergov hibsxonasi boshlig‘i G‘.G‘.;
  • tartibot bo‘limi korpus kattasi Z.Sh.;
  • tezkor qidiruv bo‘linmasi katta tezkor vakili I.I.;
  • tartibot bo‘limi nazoratchisi J.M.;
  • davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i T.A.;
  • davolash profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limi shifokor-psixiatri Sh. A..

Bundan tashqari, marhum mahbusni kamerada kaltaklagan mahkum J.U.ga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ayni paytda birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, undan norozi bo‘lgan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya shikoyatlari berilgan. Hozirgi kunda ushbu shikoyatlar Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh

Jumaniyoz

15.06.2023, 14:21

Chorvoqda 4 qavatli dachaga surgun qilish kerak edida.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »