Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilikning yoshligida xarakteriga yarasha laqabi bo‘lgan. Yulduzlar ham bundan mustasno emas. Kris Pratt bolaligida maymun deb masxara qilingan, yana bir aktrisani esa do‘stlari kampir deb atashgan.

Deniel Redkliff — krivetka

Foto: AdMe

Intervyularidan birida Deniel uni krivetka deb atashganini aytadi. Buning sababi yoshligida rangpar va ozg‘in bola bo‘lgan.

Sofi Loren — tayoq

Foto: AdMe

Loren 15 yoshidayoq onasining talabi bilan go‘zallik tanlovida qatnashgan va hatto finalga ham chiqqan. Biroq bo‘lajak aktrisa o‘zini go‘zal deb hisoblamagan — tengdoshlari uni tayoq yoki tish kovlagich deb atashgan.

Kris Pratt — maymun

Foto: AdMe

Kris bu laqabni bolaligida otasi qo‘yganini aytadi: “Boshim kichkina edi, lekin quloqlarim va tishlarim hozirgidek bo‘lgan. Ustiga ustak sakrashni yoqtirardim. Shu tariqa mana shu laqabni orttirib olganman”.

Rayan Gosling — sichqoncha

Foto: AdMe

Rayanning sinfdoshlari uni sichqoncha deb atashgan, chunki u Mickey Mouse Club iste’dodlilar shousida qatnashgan. Bir intervyuda aktyor bu laqab bilan bolalar uni masxara qilishmaganini, aksincha, uning shouda qatnashganidan xursand bo‘lishganini tan oladi.

Dev Patel — gulbarg

Foto: AdMe

“Merigold mehmonxonasi” filmining suratga olish paytida aktyor Petal (gulbarg) laqabini oladi. Laqabni unga filmda rol o‘ynagan Meggi Smit qo‘yadi. Ehtimol, barchasi Patel (aktyorning familiyasi) va petal (ingliz tilida “gulbarg”) so‘zlarining uyg‘unligi tufaylidir.

Lea Mishel – kampir

Foto: AdMe

Aktrisaning o‘zi nima uchun do‘stlari unga bunday laqab qo‘yganini tushuntiradi: “Men boshqalarga yoqadigan narsalar — klublarni va baland musiqani yoqtirmayman. Buning o‘rniga yotoqda yotib, mushugim bilan ko‘rsatuv tomosha qilishni afzal ko‘raman”.

Nik Jonas — Jonas bobo

Foto: AdMe

Bu Priyanka Chopra tomonidan eriga berilgan laqab. Bu holatning kulgili tomoni shundaki, Nik xotinidan 10 yosh kichik. U buni shunday izohlaydi: “Uning qalbi juda keksa, u dono va aqlli. Men har doim xohlaganimni qilaman va u meni doim qo‘llab-quvvatlaydi”.

Krishtianu Ronaldu — yig‘loqi

Foto: AdMe

Bunga ishonish qiyin, lekin bolaligida sport afsonasi yig‘loqi laqabini olgan. Krishtianuning onasi bu haqda shunday deydi: “Har safar jamoadoshlari unga to‘p uzatmaganida, u yoki o‘yinchilardan biri golli uzatmani o‘tkazib yuborganida uning ko‘zlari yoshga to‘lardi. Yoki boshqalar u xohlagandek o‘ynamasa ham o‘g‘lim yig‘lardi”.

Jennifer Eniston — doktor Eniston

Foto: AdMe

Aktrisaning dugonasi Kristin Xan do‘stlari Jenifferga boshqalarga yordam berishni yaxshi ko‘rgani uchun shunday laqab qo‘yishganini aytadi. Kristin shunday deydi: “Agar unga muammongizni aytsangiz, u buni mamnuniyat bilan hal qiladi, butun vaqti va kuchini shunga sarflaydi. Qanday muammoligi ahamiyatsiz”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »