Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni AQSH, Kanada va Polshaga yuborish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs tanishlari orqali Tayloq tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni O‘zbekiston—Ispaniya—Meksika—AQSH yo‘nalishida Amerikaga yuborish evaziga 44 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentning Olmazor tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar talab qilib, oldindan 7,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polshaga ishlash uchun yuborish evaziga 5100 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaroni tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanadaga ishga yuborish evaziga 138 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

U muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »