Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qiz rasmga tushayotganda Ugam daryosiga tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida xabar qilindi.

Unda aytilishicha, voqea 11-iyun kuni yuz bergan. Olmazor tumanidagi maktablarning birida 9-sinf o‘quvchilari maktab o‘qituvchisi bilan toqqa dam olgani chiqqan. Marhuma qiz rasmga tushish uchun tosh ustiga chiqqan va ehtiyotsizlik sabab suvga tushib, oqib ketgan. Bir necha daqiqalardan so‘ng, uning jonsiz tanasi suvdan topilib, olib chiqilgan.

“Qizim sinfdoshlari bilan Nanayga borayotganini aytganida rosa jahlim chiqdi. Nima qilasan, maktab o‘quvchilari toqqa borib dedim. Ota-onalar kengashi bilan gaplashsam, xotirjam bo‘ling, oldida o‘qituvchilari bor. Xohlasangiz o‘zingiz ham boring, deb aytdi. Boraman deb qo‘ymadi. Ko‘nglim bo‘lmay jo‘natdim”,  — degan qizning onasi.

Xabarda aytilishicha, maktab direktori toqqa sayohat o‘quvchilarining ota-onalari tashabbusi bilan tashkil qilingan. Sayohatga sinfdan faqat 6 nafar o‘quvchi chiqqan. Direktor, shuningdek, o‘quvchilar toqqa yakshanba kuni chiqqanini, maktab imtihonlari bir necha kun oldin tugab, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’til berilganini bildirib o‘tgan.

Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv ishlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »