Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqinda Rossiya va Ukrainaga tashrif buyuradigan bir qancha Afrika davlatlari rahbarlari Moskva va Kiyev o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish uchun “ishonch choralari” ishlab chiqdi. Bu haqda hujjat loyihasi bilan tanishgan Reuters agentligi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Afrika davlatlari taklif qilmoqchi bo‘lgan choralar orasida Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish, Belarus hududida taktik yadro qurolini joylashtirmaslik, shuningdek, Xalqaro jinoiy sudning Vladimir Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi orderini to‘xtatib turish va sanksiyalarni yumshatish kabilar bor.

Reuters xabariga ko‘ra, 16-iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasi, Komor orollari, Misr, Senegal, Zambiya, Uganda va Kongo Respublikasi rahbarlari Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ertasi kuni ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borish uchun Moskvaga boradi.

Hujjatda taʼkidlanishicha, yuqoridagi chora-tadbirlar “tomonlarga ishonchni mustahkamlash va tinchlikni tiklash bo‘yicha o‘z strategiyalarini ishlab chiqishga imkonini beradigan hamda o‘t ochishni to‘xtatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak”.

Hujjat loyihasida, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi muzokaralar bilan mustahkamlanishi kerakligi qayd etilgan.

May oyi o‘rtalarida JAR prezidenti Siril Ramafosa Putin va Zelenskiy Rossiya—Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha potensial tinchlik rejasini muhokama qilish uchun Afrika yetakchilari missiyasini qabul qilishga kelishib olganini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »