Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 16-iyun kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni qabul qildi. Ular Ukraina va Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yelisey saroyi rasmiy vakiliga ko‘ra, o‘zaro kechki ovqat paytida Makron bin Salmonga Rossiyaga ta’siridan foydalanish uchun “bosim qiladi”. Muhammad bin Salmon bir haftalik tashrif bilan Parijda bo‘lib, u yangi global moliyaviy pakt sammitida ishtirok etishni va kelasi dushanba kuni Saudiya Arabistonining Butunjahon Expo 2030 ko‘rgazmasiga mezbonlik nomzodini qo'llab-quvvatlash uchun Parijdagi ziyofatda qatnashishni rejalashtirgan.

Politico’ning qayd etishicha, Saudiya Arabistonining Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumiga nisbatan pozitsiyasi avval ham “noaniq” edi. Sababi Ar-Riyod bir tomondan BMTning Rossiya agressiyasini qoralovchi rezolyutsiyalariga ovoz bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Rossiya neft daromadlarini kamaytirish maqsadida AQSHning neft ishlab chiqarishni ko‘paytirish chaqirig‘iga qarshi chiqqan.

Biroq Yelisey saroyi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bu borada “oldinga siljiganini” ko‘rsatdi.

“Biz Saudiya Arabistonidan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarga olib keladigan Ukraina g‘alabasini tezlashtirishda yordam berishini so‘raymiz. Suhbatlarga asoslanib, ular ham shunday qarashga ega ekanini bilamiz”, — deydi Yelisey saroyi rasmiysi.

Makron va bin Salmon o‘rtasidagi muzokaralarda Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash va Livandagi keskinlikni hal qilishda yordam berishga ham e’tibor qaratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »