Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 16-iyun kuni Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston Respulikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.

Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022-yilning noyabr oxirida Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qilgandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov dekabr oyida O‘zbekiston qo‘shni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgandi.

18-yanvar kuni “Gazprom” Qozog‘iston bilan, 24-yanvar kuni O‘zbekiston bilan gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »