Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qo‘shinlari frontda Rossiya armiyasining qattiq qarshiligiga duch kelmoqda, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning NBC News telekanaliga bergan intervyusida.

“Ishlar yaxshi ketmoqda. Men buni umuman olganda, ijobiy deb aytgan bo‘lardim, lekin juda og‘ir. Oldingi chiziqdagi qo‘shinlarimiz qattiq qarshilikka duch kelmoqda. Chunki Rossiya uchun Ukrainadagi ushbu kampaniyada mag‘lub bo‘lish aslida urushda mag‘lub bo‘lishni anglatadi”, — dedi Zalenskiy jurnalistning qarshi hujum haqidagi savoliga javoban.

U hujum operatsiyasi tafsilotlarini oshkor etishdan bosh tortdi.

Ukraina prezidenti yana bir bor G‘arb ittifoqchilarini harbiy yordam ko‘rsatish, xususan, samolyotlar yetkazib berish va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

“Byurokratiya borligini tushunaman. Ammo biz vaqt yo‘qotyapmiz, odamlarni yo‘qotyapmiz va eng muhimi, o‘z ustunligimizni boy beryapmiz”, — dedi Zelenskiy. “Ukraina havoda ham raqobatlasha olishni xohlaydi, keling, bugun buni ro‘yobga chiqaramiz”.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya Ukrainani bosib olsa, u yanada ko‘proq yerga – “Boltiqbo‘yi mamlakatlariga, Polshaga, istalgan NATO davlatiga” o‘tadi. Bu holatda AQSH NATOni parchalash yoki urush o‘rtasida tanlov qilishiga majbur bo‘ladi, deb hisoblamoqda Ukraina prezidenti.

Ukraina frontda qarshi hujum boshlanganini rasman e’lon qilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi 4-iyun kuni boshlanganini da’vo qilmoqda. 9-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujum paytida Ukraina Qurolli kuchlari frontning birorta sektorida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmaganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh

12- мактаб Абдусаломова Махфуза

16.06.2023, 15:28

Ассалому алейкум мен боқувчисини юқотганлик учун пенся оламан мени пулимни пластика утказишибти шуни қандай қилиб нақт пул қилсам булади банкга мурожаат қилсам иложи йӯқ дийишди

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »