Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik tadbirkor Tesla va Space X asoschisi Ilon Mask (Forbes uning boyligini 236,9 milliard dollarga baholaydi) Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuv qimmat bo‘lganini tan oldi. Biroq u ijtimoiy tarmoqning muxlisi bo‘lgani va “u negativ yo‘nalishda harakatlanayotgani” uchun bunga qo‘l urganini aytdi. Bu haqda u Parijdagi texnologik anjumanda ma’lum qildi, deb xabar beradi Business Insider.

Agar men shunaqa aqlli bo‘lsam, nega Twitter uchun shuncha ko‘p pul to‘ladimi?” — dedi u.

Maskning aytishicha, u Twitter “sivilizatsiyaga va fuqarolik jamiyatiga halokatli ta’sir ko‘rsatayotganini” his qilgan.

Sivilizatsiyaga putur etkazadigan har qanday narsa, mening fikrimcha, yaxshi emas”, — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.

“Ijtimoiy tarmoq mening nazoratim ostiga o‘tganidan beri u 'tozalandi', — deb ta’kidlaydi Mask. — Biz 90% botlardan, firibgarlardan va sodir bo‘layotgan turli yomon narsalardan xalos bo‘ldik. Biz Twitter’da bolalarni ekspluatatsiya qilish haqidagi 95% kontentdan xalos bo‘ldik”.

Ma'lumot uchun, Ilon Mask  o‘tgan yilning kuzida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgan. Shundan so‘ng u ijtimoiy tarmoqda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan, foydalanuvchilarga ko‘proq funksiyalarni taqdim etadigan pulli obunani talab qiladigan Twitter Blue’ni yo‘lga qo‘ydi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »