Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda deputat Omurbek Bakirov Jogorku Kenesh yig‘ilishida mahalliy reyslar uchun aviachiptalar aholi uchun juda qimmatligini aytdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Jogorku Kenesh matbuot xizmati

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Bishkek—O‘sh yo‘nalishi uchun chipta 3 900 som (44,57 dollar) turadi.

“Masalan, O‘zbekistonda ichki reyslar uchun aviachiptalar 8-20 dollar turadi. Bu 1 ming 780 som. Toshkent — Abu-Dabi 22 dollar, Bishkek — Abu Dabi esa 49 dollardan, ya'ni 4 655 som. O‘shga qaraganda Abu-Dabiga uchish arzonroq, chiptalar narxida unchalik farq yo‘q”, — dedi Bakirov.

Shuningdek, u yo‘llarda tez-tez sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar tufayli odamlar samolyotlardan foydalanishga harakat qilayotganini aytdi. Deputat sayyohlik mavsumida O‘sh, Jalolobod va Botkenga parvozlar narxini pasaytirishni taklif qildi.

“Bitta kompaniya monopoliya o‘rnatgani uchun chiptalar narxi qimmatroq. Lekin aholi uchun aviaqatnov iqtisodiy tomonlama qulay emas”, — dedi deputat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »