Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Tokio shahridagi elchixonasida Yaponiya parlamenti quyi palatasi a’zosi Moriyama Xiroyuki bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Qayd etilishicha, uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekistondagi bugungi ekologik holat va dolzarb masalalarga qaratilib, iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar mamlakatga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganligi, xususan bu jarayonlar Markaziy Osiyoda dunyoning boshqa ko‘plab mintaqalariga qaraganda ancha jadal kechayotganligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan qurg‘oqchilik va suv tanqisligiga qarshi kurashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish borasida qat’iy harakatlar amalga oshirilayotganligi ma’lum qilinib, Yaponiya ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonning atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotganligi va ko‘plab ekologik muammolarning yechimida ko‘mak berayotganligi qayd etildi.

Shu o‘rinda, Orolbo‘yining eng muhim muammolarini hal qilishda muvofiqlashtirilgan yondashuvni ta’minlash maqsadida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi tashkil qilinganligi ma’lum qilindi.

Xiroyuki Moriyama Orol dengizidagi ekologik vaziyat bugungi kunda tobora  global muammoga aylanib borayotganligini, ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha dunyo mamlakatlari sa’y-harakatlarini birlashtirish va faollashtirish muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondiga Yaponiya hukumati va tashkilotlari resurslarni mobilizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi, tozalovchi, drenaj suvlari sifatini oshiruvchi ilg‘or yapon texnologiyalarni keng joriy etish hamda tarixan Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan, Yaponiyadagi ilk port shahar — Osaka prefekturasidagi Sakai shahri bilan hududlararo aloqlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »