Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hammaga ma’lumki, Kianu Rivz mashhurligiga qaramay, mehribon va kamtar inson. Uning ezgu ishlari, muxlislarga nisbatan yaxshi munosabati ko‘pchilikka ma’lum. Ammo ayol yulduzlar orasida ham shunday ajoyib insonlar bormi? Albatta bor. Qaysi aktrisalar, modellar va qo‘shiqchilar Kianu kabi fidoyi ekani haqida ma’lumot beramiz.

Emma Uotson

Foto: Getty Images

Emma chinakam feminist, shuningdek, BMTning yaxshi niyat elchisi (aktrisa ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish uchun ishlaydi) ekani haqida ko‘pchilik biladi. Ammo uning hayotida yana bir nozik, ammo qiziq tafsilot bor: Emma o‘zining mashhurligidan dunyoga yaxshi ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanadi.

Qanaqasiga? U o‘z e’tiqodiga mos keladigan brendlardan faqat ekologik toza kiyimlarni tanlaydi: chiqindisiz ishlab chiqarish, qayta ishlasa bo‘ladigan materiallardan tayyorlangan liboslarni kiyadi. Masalan, “Sohibjamol va maxluq” premyerasiga u qayta ishlangan plastik butilkalardan tikilgan libosda kelgan. Shunday qilib, u “barqaror moda”ni qo‘llab-quvvatlaydi va targ‘ib qiladi.

Natali Portman

Foto: Getty Images

Aktrisa o‘z farzandlariga ertak o‘qib berganida o‘g‘il bolalar va qizlar kitoblari sezilarli darajada farq qilishini payqab qoladi — masalan, u bolaligida yaxshi ko‘rgan ertaklarda bosh qahramonlar asosan erkaklar. Shundan so‘ng aktrisaning o‘zi bolalar uchun kitob yozdi, shunda bolalar yoshligida bir-birlarini his qilishni va tushunishni o‘rganishadi: o‘g‘il bolalar — qizlarni va qizlar — o‘g‘il bolalarni.

Sandra Bullok

Foto: Getty Images

2021-yilda Texasda sodir bo‘lgan anomal qish bo‘roni paytida Sandra va uning “Oushennning 8 dugonasi” filmidagi hamkasblari yaxshigina xayriya qilishadi. Va bu aktrisaning tabiiy ofat qurbonlarini qutqarish uchun qilgan yagona ko‘magi emas: u "Xarvi" to‘foni qurbonlariga 1 million dollar xayriya qilgan.

Aytgancha, Sandra “Minionlar” multfilmi qahramoniga ovoz berib, kartina premyerasida g‘ayrioddiy poyabzalda ko‘rinish bergandi. Aktrisa xayriya tashkilotiga mablag‘ to‘plash uchun shu poyabzalning 10 juftini kimoshdi savdosiga qo‘yadi.

Zendeya

Foto: Getty Images

Yosh aktrisa barcha yordamini bolalar uchun yo‘naltiradi. U maktablarga tashrif buyuradi, o‘quvchilar uchun o‘quv qurollari sotib oladi va UNICEF bilan yordamga muhtoj bolalar uchun mablag‘ yig‘ishda yordam beradi.

Ledi Gaga

Foto: Getty Images

Qo‘shqchi onasi Sintiya bilan birgalikda asosiy vazifasi ruhiy kasalliklarga chalingan yoshlarga yordam berish bo‘lgan jamg‘armaga asos solgan. Jamg‘arma xodimlari ruhiy kasalliklardan stigmani olib tashlashga va bu odamlarga his-tuyg‘ulari normal ekanligini tushunishga yordam berishga intiladi. Jamg‘arma 10 yildan beri dunyoni yaxshiroq qilish uchun ishlamoqda.

Rianna

Foto: Getty Images

Rianna ham xuddi Ledi Gaga singari o‘z fondiga asos solgan — uni bobosi va buvisi sharafiga nomlagan. Rianna Barbadosdan bo‘lib, vataniga yordam berishni birinchi o‘ringa qo‘yadi — stipendiya dasturi, shifoxonalarni zamonaviy jihozlar bilan jihozlash va boshqalar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, jamg‘arma muntazam ravishda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tashabbuslarga homiylik qiladi. Bu tashabbuslar ofatga tayyorgarlik (va jabrlanganlarga yordam)ni o‘z ichiga oladi. Rianna nafaqat ajoyib ovozga, balki katta qalbga ham ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »