Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi va uning Xitoy bilan barcha kelishmovchiliklari tinch yo‘l bilan hal qilinishiga umid qiladi. Bu haqida ayni paytda Xitoyda bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

“Biz Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaymiz va barcha kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan hal qilinishini kutamiz”, — dedi u AQSHning Xitoyga nisbatan siyosatining asosiy tamoyillari haqidagi nutqida.

Shu bilan birga, Blinken Qo‘shma Shtatlar status-kvoning bir tomonlama o‘zgarishiga qarshi ekanligini va Tayvanga yetarli darajada mudofaa qobiliyatini saqlab qolishga yordam berishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Foto: Reuters

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 18-iyun yakshanba kuni Pekinga kelgandi. Bugun u Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi. 

Entoni Blinkenning tashrifi AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuvlarga zamin yaratishi kutilmoqda. Avvalroq Bayden yaqin oylarda Si bilan uchrashishga umid qilayotganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »