Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Milliarder Roman Abramovich “Chelsi” futbol klubi sotuvidan tushgan pullarni Ukrainaga o‘tkazishdan bosh tortmoqda.

Foto: Getty Images

Klubning Todd Bouli va boshqa investorlarga sotuvidan tushgan 2,3 milliard funt Buyuk Britaniya hukumati tomonidan muzlatib qo‘yilgan va uni Ukrainaga yuborish uchun “Chelsi” sobiq egasining imzosi kerak bo‘ladi.

Biroq Abramovich imzo qo‘yishdan bosh tortmoqda, u mazkur pullar Ukraina va Rossiya o‘rtasida taqsimlanishini istayapti, deya xabar qilmoqda Daily Mail. Xususan, Abramovich pullarning bir qismi mojarodan jabr ko‘rgan rossiyaliklarga berilishini xohlayapti.

“Pullarni o‘tgan yili o‘tkazishadi degan umid bor edi, keyin biz yanvarda o‘tkazishlariga umid qildik. Hozir esa pullar Ukrainaga qahraton qishgacha yetib borishiga umid bog‘layapmiz. Biroq hozir bu masala amalga oshishiga hech qanday kafolat yo‘q”, — degan Daily Mail manbasi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat tufayli Abramovichning Buyuk Britaniyadagi mulklari, xususan, “Chelsi”ning hisob raqami ham muzlatildi. Avvaliga milliarder “Chelsi” boshqaruvini xayriya fondiga topshirdi, keyinchalik hukumatning turli bosimlari sabab klubni sotishga majbur bo‘ldi. 2022-yilning may oyida Abramovich “Chelsi”ni amerikalik milliarder Todd Bouli va Clearlake Capital konsorsiumiga sotdi. Kelishuv 4,25 milliard funtga baholangani xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »