Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangandi. Energetika vazirligi ushbu shartnoma tafsilotlarini ma’lum qildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Unda ko‘ra, gaz oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma UzGastrade AJ va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasida 2 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, uni ishonchnoma asosida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Gazprom” OAJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller imzoladi.

Shartnoma doirasida 2023-yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.

“Taʼkidlash lozimki, shartnoma to‘liq tijoriy shartlarda ishlab chiqilib, respublika isteʼmolchilarining tabiiy gazga bo‘lgan yildan-yilga oshib borayotgan ehtiyojini qisman qondirish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir.

Tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, shuningdek, respublikadagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, kelishilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, yuqorida ko‘rsatilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “O‘rta Osiyo—Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozog‘istondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilgani va endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) O‘zbekistonga yetkazilishi, shuningdek, respublika hududida yangi gaz o‘lchash stansiyasi qurilishini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni 2023-yilning sentabrigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Jumladan, “yo‘l xaritasi” doirasida O‘zbekiston gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydash uskunasi yangilariga almashtiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydash uskunasida mukammal taʼmirlash hamda tiklash ishlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari taʼmirlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »