Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taqdir Gollivudning aktyor va aktrisalariga turli vaqtlarda mashhurlik bergan. Kimdir juda ham kech, kimdir bolaligidayoq mashhur bo‘ladi.

Morgan Friman

Foto: Wday

Morgan Friman omad yulduzini yarim asr kutishiga to‘g‘ri keldi – haqiqiy shon-shuhrat unga 52 yoshida “Deyzi xonim haydovchisi” filmidagi rolidan keyin keldi. Biroq u ikki yil oldin “Ko‘cha bolasi” filmida o‘zining birinchi e'tiborga loyiq rolini o‘ynagan, hatto bu uchun“ Oskar”ga nomzod bo‘lgan.

Hozirda aktyorning 100 dan ortiq filmlari bor. Va bu ajablanarli emas. Deyarli har yili Morgan bir nechta loyihalarda rol o‘ynaydi. Aktyor 4 marta oila qurgan, turmushining hammasidan ikki o‘g‘il va ikki qiz bor.

Helen Mirren

Foto: Wday

Xelen Mirren teatr va kinoda ko‘p o‘ynagan. Biroq u 61 yoshida “Qirolicha” filmidagi Yelizaveta II roli uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgach, mashhur bo‘ldi.

Hozirda aktrisaning filmografiyasida 120 ga yaqin kino asarlari, shuningdek, ko‘plab nufuzli mukofotlar mavjud. 2013-yilda u hatto “Jahon kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun” faxriy nominatsiyasida Yevropa Kinoakademiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shaxsiy hayotida Xelen Gollivudning eng konservativ ayollaridan biri hisoblanadi. Mirren 1990-yillarning oxiridan beri rejissor Teylor Xekford bilan baxtli turmush qurgan, ammo er-xotinning farzandlari yo‘q.

Vupi Goldberg

Foto: Wday

Vupi Goldberg 30 yoshida Stiven Spilbergning “Binafsharang” filmidagi debyuti uchun “Oltin globus”ga sazovor bo‘ladi. Ammo 5 yildan so‘ng “Ruh” filmi ekranlarga chiqqach, haqiqatda mashhur bo‘ladi.

2018 yilda aktrisaning filmografiyasiga 150 ga yaqin film va seriallar kiritilgan. Vupi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida to‘rtta yirik Amerika nufuzli mukofotlari bilan taqdirlangan mashhur shaxs hisoblanadi: “Oskar”, “Gremmi”, “Emmi” va “Toni”.

Oilaviy hayotga kelsak, Goldberg uch marta turmushga chiqqan. Uning Elvin Martin bilan birinchi turmushidan Aleksandra ismli qizi bor.

Alan Rikman

Foto: Wday

42 yoshida teatrdagi muvaffaqiyatli chiqishi tufayli Alan Rikman “Chaqilmas yong‘oq” filmidagi yovuz qahramon rolini o‘ynashga taklif qilinadi, ammo u “Garri Potter” sagasida professor Severus Sneyp rolidan so‘ng mashhur bo‘lib ketadi.

Aktyorning so‘nggi ishi “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” kartinasi bo‘lib, filmda aktyor ipak qurti Absolem rolini ijro etgan. 2016-yilda Alan Rikman vafot etadi.

Rikman butun umrini 1965-yilda tanishgan Rima Xorton bilan birga o‘tkazdi, o‘shanda Alan 19, Rima esa 18 yosh bo‘lgan.

Melissa MakKarti

Foto: Wday

Melissa MakKarti stendap komik sifatida sahnalarga chiqib, seriallarda rol o‘ynagan. Ammo 2011-yilda 41 yoshida “Vegasdagi qiz bazmi” filmidagi rolidan so‘ng mashhur bo‘ladi, shundan keyin “Josus”, “Sharpa ovchilari” filmlarida ham asosiy rollarni ijro etadi.

Yen MakKellen

Foto: Wday

Yen MakKellen filmlarda suratga tushishni 70-yillarda boshlagan, ammo u 2000-yillarda, 60 yoshida bir vaqtning o‘zida ikkita mashhur loyihada: “G‘aroyib odamlar” (professor Magneto) va “Uzuklar hukmdori” (Gendalf) filmlarida rol o‘ynagan holda tomoshabinlar orasida shuhrat qozongan.

Meggi Smit

Foto: Wday

Meggi Smitga kelsak, allaqachon ikkita “Oskar”ga munosib ko‘rilgan, birinchisini u 1970-yilda 36 yoshida olgan, ammo 67 yoshida “Potter” filmlarida suratga tushganidan keyin olamshumul mashhurlikka erishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »