Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainada olti oy ichida magistral elektr tarmoqlarining 43 foizi shikastlandi. Bu haqda “Ukrenergo” milliy energetika kompaniyasi ma’lum qildi.

Kompaniya mas’ullari infratuzilma og‘ir ahvolda ekani, iste’molchilarni zaxira energiya ta’minotiga o‘tkazish imkoniyati kamayganini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan Ukraina aholisidan elektr jihozlarini tejamkorlik bilan ishlatish iltimos qilindi, ayniqsa, kechqurun soat 19:00 dan 22:00 gacha vaqt oralig‘ida elektr energiyasini tejash so‘ralmoqda.

Foto: RIA Novosti

Kiyev elektr tarmoqlari boshqaruvi raisi Vladimir Kudritskiy 25-may kuni resurslar yetishmasligi sababli yoz mavsumi mamlakat energetika tizimi uchun og‘ir kechishini ta’kidlagandi.

Ukraina Energetika vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilda respublika energetika tizimini tiklash uchun 3,4 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Ulardan 1,2 milliard dollar ma’lum resurslarni sotib olishga, qolgani – taqsimlash va qayta tiklashga, shuningdek, elektr uzatish liniyalarini yangilash uchun zarur. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »