Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy yetakchisi Si Szinpin AQSH o‘z havo hududida Xitoy sharlarini aniqlab, ularni urib tushirganidan esankirab qolgan, chunki u Pekinning bu missiyasidan bexabar bo‘lgan, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi mablag‘ yig‘ish tadbirida. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Getty Images
“Si Szinpin men josuslik apparati bor o‘sha havo sharini urib tushirganimdan juda norozi bo‘lganiga sabab — u shar haqida bilmagan” — dedi Bayden. “Nima bo‘layotganini bilmaslik esa diktatorlarga yoqmaydi”.

 Pekin hozircha Baydenning so‘zlariga munosabat bildirmadi.

Bayden Pekin Vashington bilan munosabatlarni yaxshilashni istayotganiga ishonch bildirdi, biroq uning fikricha, iliqlashuv uchun vaqt kerak. Bayden “Hozir muhimi — u (Si Szinpin) yana munosabatlarga kirishmoqchi bo‘lib turgani” deb aytdi.

20-iyun kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tashrifini yakunladi. Safari davomida u XXR tashqi ishlar vaziri Sin Gan, Xitoy diplomatiyasi kuratori Van Yi, keyin esa Si Szinpin bilan uchrashdi. Blinken so‘nggi besh yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan eng yuqori martabali AQSH rasmiysiga aylandi. Tomonlar suhbat ochiq va mazmunli o‘tganini ta’kidladi. Pekin bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar eng past darajada ekanini qayd etdi.

Blinken “josus” sharlar mavzusini o‘tmishda qoldirishni taklif qildi va Pekinga tashrifini AQSH—Xitoy munosabatlarini barqarorlashtirishda muhim qadam deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »