Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shveysariyaning Julius Bayer ekspertlari milliarderlar uchun yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar reytingini tuzdi. Reytingda Singapur birinchi o‘rinni egalladi.

Singapurni birinchi o‘ringa qo‘yilishi sababi sifatida bu yerda turmush darajasining yuqoriligi va ko‘chmas mulkka talabning kuchli ekani bilan izohlangan.

Reytingning ikkinchi va uchinchi qatorlarini mos ravishda Shanxay va Gonkong egallagan. To‘rtinchi o‘rinda London, beshinchi o‘rinda esa Nyu-York bormoqda.

Foto: Wikimedia

Reyting tuzuvchilari dunyoning 25 ta yirik shaharlarida daromadi 1 million dollar va undan ko‘p bo‘lgan odamlarning yashash uchun sarflaydigan mablag‘larini tahlil qilishdi. Bu yil ilk bor Dubay dunyoning eng qimmat shaharlari o‘ntaligiga kirdi (7-o‘rin). Bloomberg xabariga ko‘ra, ro‘yxatga Monako (6-o‘rin), Taypey (8-o‘rin), San-Paulu (9-o‘rin) va Mayami (10-o‘rin) ham kiritilgan.

Milliarderlar uchun yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar o‘nligi:

  1. Singapur
  2. Shanxay
  3. Gonkong
  4. London
  5. Nyu-York
  6. Monako
  7. Dubay
  8. Taypey
  9. San-Paulu
  10. Mayami

Avvalroq ekspertlar barcha uchun dunyodagi eng qimmat shaharlarni aniqlagan edi. O‘sha reytingda birinchi o‘rinni Nyu-York va Singapur egallagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »