Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Atlantika okeanidagi qutqaruv operatsiyasi ishtirokchilarining fikricha, yo‘qolgan “Titan” suvosti kemasi qidirilayotgan hududdan topilgan qoldiqlar unga tegishli. Bu haqda CNN qutqaruv bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Foto: Twitter

Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, topilmalar “Titan” korpusining parchalaridir. Shu bilan birga, CNN iqtibos keltirgan hujjatda ekipaj va kapsulani qidirish davom etayotgani qayd etilgan.

Suvosti kemasiga egalik qiluvchi OceanGate kompaniyasi ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan, deb hisoblamoqda. Kompaniya hamdardlik bayonotini chop etdi.

AQSH Qirg‘oq xavfsizlik xizmati “Titan” bortidagi besh kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Xizmat vakili ekipaj a’zolarining oilalariga hamdardlik bildirdi. Qutqaruvchilar okean tubidagi “Titanik” kemasining burnidan taxminan 500 metr masofada beshta yirik apparat bo‘lagini topdi. Qoldiqlar ekipajning “halokatidan” dalolat beradi.

Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “Titan”da portlash sodir bo‘lgan — ichkariga yo‘naltirilgan portlash. Bu nima uchun, qanday va qachon sodir bo‘lgani hozircha noma’lum. Okean tubidagi og‘ir vaziyatga qaramay, ekipaj a’zolarining jasadlarini qidirish davom etadi.

  • 19-iyun kuni Atlantika okeanida sayyohlarni “Titanik” cho’kkan joyga olib tushayotgan xususiy suvosti kemasi g‘oyib bo‘ldi. Kema bortida besh kishi, jumladan, britaniyalik milliarder Xemish Xarding va OceanGate asoschisi Stokton Rash bor edi.
  • Suvosti kemasini qidirishda AQSH va Kanadaning Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatlari, shuningdek, xususiy kemalar ishtirok etdi. “Titan”dagi kislorod ta’minoti 96 soatlikga mo‘ljallangan edi. AQSH Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining xabar berishicha, “Titan”dagi kislorod 22-iyun kuni AQSHning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 07:10 (Toshkent vaqti bilan 16:10) da tugashi kerak edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »