Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi isyonni “jirkanch xiyonat” deb atadi.

Foto: “TASS”
“Sodir bo‘layotgan voqealarning barchasi — orqaga urilgan pichoq va chinakam harbiy isyon!” — deyiladi uning Telegram kanalidagi postida.

Qodirov Vladimir Putinning murojaatidagi “har bir so‘zni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasining Checheniston respublikasidagi bo‘limi jangchilari allaqachon keskinlik zonalariga jo‘nab ketgan”.

“Biz Rossiyaning birligini saqlash va uning davlatchiligini himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz!”, — dedi Qodirov. “Men jangchilarga – Vatanimiz vatanparvarlariga murojaat qilaman. Provokatsiyalarga berilmang. Sizga qanday maqsadlar qo‘yilmasin, qanday va’dalar aytilmasin, bunday paytda davlat xavfsizligi va rus jamiyatining jipsligi hamma narsadan ustundir! Ko‘ryapsizmi, G‘arbdagi dushmanlarimiz bu vaziyatdan qanday foydalanmoqda. Fuqarolarimizni cho‘chituvchi qancha axlat, qancha yolg‘on murojaatlar vaziyatni beqarorlashtirish xavfini tug‘dirmoqda. Prigojinning xiyonatkor yurishidan kutilgan oqibatlar ham shu”.

Avvalroq Rossiya prezidenti ham Prigojinning xatti-harakatlarini xiyonat va orqadan pichoq urish, deb atagandi. Putin isyonchilar jazolanishini va’da qildi.

Ma’lumot uchun 23-iyun kuni kechqurun Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirishga ruxsat berishda aybladi. Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berdi, ko‘pchilik bu tahdidni harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinish sifatida qabul qildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Prigojinga qarshi qurolli to‘ntarishga urinish bo‘yicha ish ochdi.

24-iyunga o‘tar kechasi Rostov-Don shahri “Vagner” jangchilari tomonidan bosib olindi. Shahar markazini Yevgeniy Prigojinga bo‘ysunuvchi qurolli shaxslar egalladi. Ertalab Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbarlarining o‘rinbosarlari bilan uchrashdi. U Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilmaguncha, yollanma askarlar “Rostovni to‘sib, Moskvagacha borishini” aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »