Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning xatti-harakatlari xiyonat va orqadan pichoq urish bo‘ldi, har qanday ichki tartibsizliklar davlatchilikka tahdiddir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z murojaatida gapirdi.

Putin Prigojinning ismini tilga olmadi, faqat “Vagner” haqida gapirdi. Putinning aytishicha, xiyonatga “haddan tashqari ambitsiyalar va shaxsiy manfaatlar” sabab bo‘lgan.

“Rossiya prezidenti va Oliy Bosh qo‘mondon sifatida men mamlakatni himoya qilish, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish uchun hamma narsani qilaman. Isyonni uyushtirgan va safdoshlariga qarshi qurol ko‘targan shaxs jinoyat sodir etgan hisoblanadi va buning uchun javob beradi”, — deb va’da qildi Putin.

“Rostov-Dondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun qatʼiy choralar ko‘riladi. U yerdagi holat qiyinligicha qolmoqda — fuqarolik va harbiy hokimiyatlarning ishi amalda bloklangan”, — qo’shimcha qildi Putin.

 

Ma‘lumot uchun 23-iyun kuni kechqurun Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirishga ruxsat berishda aybladi. Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berdi, ko‘pchilik bu tahdidni harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinish sifatida qabul qildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Prigojinga qarshi qurolli to‘ntarishga urinish bo‘yicha ish ochdi.

24-iyunga o‘tar kechasi Rostov-Don shahri “Vagner” jangchilari tomonidan bosib olindi. Shahar markazini Yevgeniy Prigojinga bo‘ysunuvchi qurolli shaxslar egalladi. Ertalab Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbarlarining o‘rinbosarlari bilan uchrashdi. U Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilmaguncha, yollanma askarlar “Rostovni to‘sib, Moskvagacha borishini” aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »