Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevgeniy Prigojin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Vagner” isyonini xiyonat deb atagan murojaatiga javob qaytardi.

Vatanga xiyonat qilish borasida prezident qattiq yangilishdi. Biz o‘z vatanimizning vatanparvarlarimiz, biz —“Vagner”ning barcha jangchilari kurashdik va kurashyapmiz. Hech kim prezident, FXX yoki boshqa birovning talabiga binoan o‘zini topshirmoqchi emas. Chunki biz mamlakat korrupsiya, yolg‘on va byurokratiya ichida yashashini istamaymiz”, — dedi “Vagner” rahbari.

Prigojin Putinning isyonchilarni javobgarlikka tortish haqidagi va’dasiga izoh bermadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti videomurojaat yo‘llab, Prigojinning xatti-harakatlarini xiyonat va orqadan pichoq urish, deb atagandi. Putin isyonchilar jazolanishini va’da qildi.

Undan so‘ng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Prigojin boshchiligidagi isyonni “jirkanch xiyonat” deb ta’rifladi. Qodirov Vladimir Putinning murojaatidagi “har bir so‘zni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasining Checheniston respublikasidagi bo‘limi jangchilari allaqachon keskinlik zonalariga jo‘nab ketgan”.

“Vagner” isyoni

Ma’lumot uchun 23-iyun kuni kechqurun Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirishga ruxsat berishda aybladi. Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berdi, ko‘pchilik bu tahdidni harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinish sifatida qabul qildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Prigojinga qarshi qurolli to‘ntarishga urinish bo‘yicha ish ochdi.

24-iyunga o‘tar kechasi Rostov-Don shahri “Vagner” jangchilari tomonidan bosib olindi. Shahar markazini Yevgeniy Prigojinga bo‘ysunuvchi qurolli shaxslar egalladi. Ertalab Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbarlarining o‘rinbosarlari bilan uchrashdi. U Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilmaguncha, yollanma askarlar “Rostovni to‘sib, Moskvagacha borishini” aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »